Respublikamizda turli sohalarda statistik ma'lumotlar yuritiladi. Ularning ayrimlari yuzasidan majlislar ötkaziladi, rahbarlarning faoliyatiga baho beriladi, kimlardir şu raqamlar ortidan işdan olinadi, yana kimlar uçundir qöşimça çora-tadbirlar va vazifalar belgilanadi.

Biroq iqtisodiy sohani qöya turaylik, ijtimoiy hayotdagi ayrim sohalarda yuritilayotgan statistika va tahlillar uçun çora körilişi, ularni bartaraf etiş yuzasidan turli keraksiz majlislar ötkazilişini yoqlamayman. Insonlar hayoti öyinçoq emas-ku?

Aytmoqçi bölganim — jinoyatçilik hamda oilaviy ajralişlar masalasida imkon qadar kiçikroq raqamli statistikani ta'minlaşga bölgan intiliş haqida.

Nega?

Çunki aynan mana şu sohalarda raqamlarga qarab iş köriş közböyamaçilik, soxtakorlikni keltirib çiqarmoqda. Pastroq raqamlar talab etilişi sohada jinoyatçilik kamayişi emas, aksinça — yanada ildiz otişi uçun xizmat qilmoqda.

Fikrimni tuşuntirişga harakat qilaman.

Masalan, içki işlar organlari oldiga huquqbuzarlik va jinoyatçilik kölamini kamaytiriş masalasi qöyilgan. Qaysiki hududda jinoyatçilik darajasi katta bölsa, öşa hududdagi rahbarlarga çora körilmoqda va yoki aksinça. Ayrim hududlarda bir yilda birorta jinoyat röy bermagani haqida ma'lumotlar ham matbuotda köz-köz qilinmoqda.

Aslida ham vaziyat çindan ham yaxşi tomonga özgarganmi? Unday deyiş juda qiyin, fikrimça.

«Toza» statistika ortidan quviş — mayda jinoyat va huquqbuzarliklarning qasddan qayd etilmasligiga olib kelmoqda. Içki işlar idoralarida işlovçi döstlarimizning aytişiça, vaziyat şu darajaga yetganki, öğirlik qilgan, yengil va oğir tan jarohati yetkazilgan holatlarda uşbu jinoyatni qayd etiş, ekspertizadan ötiş uçun yöllanma beriş örniga, içki işlar organlari nizolaşayotgan tomonlarni yaraştirib qöyişga majbur bölişmoqda. Albatta, six ham, kabob ham kuymaydigan bu şaroitda korrupsiya uçun ham keng yöl oçiladi.

Bu bilan közlangan samaraga erişiş mumkinmi? Albatta yöq. Çunki jazo muqarrarligi yöqolmoqda. Kiçik jinoyatlar uçun heç qanday jazoga loyiq körilmasligini körgan, sezgan insonlar öşa qilmişlarini takrorlamaydi deb öylaysizmi? Bunday adolatsizlik jamiyatda norozilik uyğotadi, içki işlar organlari xodimlariga nisbatan işonçsizlik vujudga keltiradi, ularning obrösi pasayişiga olib keladi.

Köpçilik, masalan, ma'lum bir jinoyatlar uçun jazo çoralari qattiqlaştirilsa, öşa jinoyatning oldi olinadi, deb ham öylaydi va şunday takliflar ham beradi. Hatto ba'zi jinoyatlar uçun ölim jazosini taklif qiladiganlar bor, göyoki şunday qilibgina, unga qarşi kuraşiş mumkin.  Ammo, bu ham notöğri.