Rasmiy statistika oilaviy ajrimlar soni ortganini körsatmoqda. Lekin raqamlardan ham xavotirliroq jihatlar bor. Xöş, ajrimlarga nima sabab bölyapti? Çindan ham köpçilik “xarakter töğri kelmayotgani” uçun ajraşyaptimi? Yoki oila buzilişi köproq uçinçi şaxs aralaşuvi tufaylimi? Kun.uz soha mutaxassislariga mikrofon tutdi.

“Xarakter mos kelmadi” – javobmi yoki javobdan qoçiş?

Özbekistonda 2025 yil holatiga köra har 1000 ta oilaning 175 tasi ajraşgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2024 yilda ajrimlarning 54 foizi “xarakterlar töğri kelmasligi” ortidan yuz bergani qayd etilgan. Psixologiya fanlari doktori, professor Xöjageldi Alimovga köra, bu ibora köp hollarda aniq sabablarni tuşuntiriş örnida qöllanmoqda:

“Xarakter bu ajralişga arziydigan sabab. Kuyovdan xarakter özi nima deb sörasak, javob bera olmaydi. Kelin ham javob bera olmaydi. Ularga özingiz bilmagan narsa sababli ajraliş kulgili emasmi deymiz.

Öşa xarakterlar töğri kelmaydi degan sözning zamirida özlari ham gohida anglamagan sabablar yotadi va mana şu xarakterlar töğri kelmadi degan ibora bilan öşa özlari körmagan sabablarni yopib qöyişadi.

Avvalgi muomala, bobolarimiz davridagi psixologiya qariyb yöqoldi va oilaga bölgan munosabat ançagina özgardi”.

Ajrimni qiyinlaştiriş yeçimmi?

Oila institutini mustahkamlaş maqsadida yaraştiriş muddatini 6 oydan 1 yilgaça uzaytiriş taklifi ilgari surildi. Biroq huquqşunoslar bu masalaga bir tomonlama yondaşmaslik kerakligini ta’kidlaydi. Yuridik fanlar doktori Feruza Muhiddinova ta’kidlaşiça, ajraşişlar faqat yoşlar örtasida emas, balki katta yoşdagilar orasida ham köp uçramoqda:

“Bir tomondan qaraş kerak emas, faqatgina yoşlar emas, nevaralilar ham ajraşyapti. Ajrimlar böyiça 40 000 dan oşiq murojaatlar bor. Bularga nima bölyapti desangiz, uçinçi şaxs aralaşuvi çiqib qolyapti. Uçinçi şaxs kim? Yoşlar aytadi: “qaynona-qaynota”. Yoşi kattalardan söraydigan bölsangiz: “turmuş örtoğim yoş xotin xohlab qolibdi” degan tuşunçalar kelib qolyapti. Ularga ketma-ket yaraştiriş muddat berişyapti, aslida umuman birga yaşaşmaydi. Kelin ketganiga uç-tört yil bölgan, bolasi bilan onasining uyida yaşaydi. Kimningdir uyida işlaydi, zörğa pul topadi. Erkak ham aliment tölamaydi, ham qaramaydi, boşqa bilan yaşaydi”.