Özbek oilalarida özaro tuşuniş, hissiy intiliş va özaro hurmat kabi omillar 1990 va 2010 yillarga nisbatan bugungi kunda pastlab bormoqda.
«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazidan Kun.uz'ga ma'lum qilişlariça, markazning sönggi tadqiqotlaridan ana şunday xulosa kelib çiqqan.
Tadqiqot ötkazgan olimlarning izoh berişiça, 1990, 2010 va 2019 yillarda özbek oilalarida er-xotin örtasidagi «özaro hurmat», «hissiy intiliş» va «özaro tuşuniş» kabi omillarning dinamikasi örganilgan bölib, natijalar yillar kesimida taqqoslanganda farqlar namoyon bölgan.

Er-xotin munosabatlaridagi bunday muhim omillarning körsatkiçlari pastlab borayotganiga asosiy sabablardan biri, psixologlarning fikriça, yoşlarning oilaviy hayotga tayyorlab borilmaganidir. Ya'ni ota-onalar oilada şaxslararo munosabatlarni töğri yölga qöyiş, mustahkam oilani barpo etiş hamda oilada soğlom muhitni yaratiş uçun zarur bilimlarni öz farzandlariga yetarli darajada örgatişmayapti.
Tadqiqotçilar, agar bunday holat davom etaversa, özbek oilalarida ajrimlar sonining ortişi, nizoli vaziyatlarning köpayişi, qolaversa, nikohdan taşqari munosabatlarning ortib borişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda.
«Bunday holatni har bir oila a'zosi ongli ravişda anglab yetişi va ogoh bölişi, sergaklik bilan öz vaziyatiga özi baho bera olişi muhim ahamiyatga ega», – deyiladi «Oila» ilmiy-amaliy markazi xulosasida.
Ma'lumot uçun, 2019 yilga qadar Özbekistonda 10 yil davomida oilaviy ajrimlar soni ikki barobarga oşgan. 2008 yilda 16 mingdan ortiq nikohdan ajraliş hollari qayd etilgan bölsa, bu körsatkiç 2018 yilga kelib 32 mingdan ortib ketgan. 2019 yilda esa ajrimlar soni ösişdan töxtab, 23 mingga tuşgani aytilmoqda.











