Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Dehli metrosining eng yangi haydovchisiz poyezdi “sinovdan o‘ta olmadi”
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli metrosining eng yangi haydovchisiz poyezdi sinov vaqtida depodagi to‘sib turuvchi devorga urilib, undan o‘tib ketdi. Bu haqda Nyu-Dehli metrosining tvitterdagi xabariga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Poyezd sinovi tormoz tizimi tekshirilmasdan o‘tkazilgan, oqibatda poyezd devorga urilgan. Avariya vaqtida hech kim jabrlanmagan”, deb aytilgan xabarda.
Metroning poyezd qatnashi kerak bo‘lgan yangi liniyasi poytaxtni Noyda shahri bilan bog‘laydi. 25 dekabrda liniyaning ochilishi marosimida mamlakat bosh vaziri Narendra Modi ishtirok etishi kutilayotgan bo‘lgan.
Voqea sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
23:31 / 18.03.2026