O‘zbekiston | 19:25 / 20.12.2017
4088
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamenti amaliy tadbirlar rejasini imzolaydi

Foto: Uzdaily

2017 yil 20 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘g‘org‘u Keneshi To‘rog‘asi D.Jumabekov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Tashrif doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilgan. Yuqori martabali mehmon, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ham bo‘ladi.

Uchrashuvlar va muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga doir muhim masalalarni, parlamentlararo aloqalarni, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Tashrif dasturida Samarqand shahrining madaniy-tarixiy, diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rish, Mustaqillik maydonidagi Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qo‘yish, “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” ekspozitsiyasi hamda “Hazrati Imom” majmuasi bilan tanishish nazarda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qirg‘iz Respublikasi Jo‘g‘org‘u Keneshi o‘rtasida ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan Amaliy tadbirlar rejasini (“Yo‘l xaritasi”ni) imzolash rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid