Jahon | 15:39 / 21.12.2017
17158
5 daqiqa o‘qiladi

«Eng janjalkash siyosatchi» - Saakashvili 50 yoshda

Foto: RIA "Novosti"

21 dekabr kuni Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori va sobiq SSSR makonida eng «janjalkash» siyosatchi bo‘lgan Mixail Saakashvili 50 yoshga to‘ldi. Kiyevdagi Taras Shevchenko xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchisi, g‘arbdagi qator ta'lim muassasalarida tahsil olgan (jumladan AQSh Davlat departamenti stipendiyasi yordamida Kolumbiya universitetida ham) Saakashvili Gruziyaga 1995 yilda qaytib keldi hamda vatanidagi siyosiy hayotga darhol kirishib ketdi. U hukumatga ijobiy kayfiyatda bo‘lgan deputatlikdan boshladi, biroq 2003 yilga kelib o‘sha hukumatni to‘ntarib tashlagan «Atirgullar inqilobi» yetakchisiga aylandi. Saakashvili Gruziya prezidenti lavozimida mamlakatda Yevropa tartiblarini joriy etishga bo‘lgan urinishi va Janubiy Osetiyadagi harbiy mojaro bilan yodda qoldi.

U aynan shu asosda o‘ziga MDH hududidagi «Kremlning bosh dushmani» imijini yaratishni boshladi. Bu imij Saakashviliga bugun ham yordam bermoqda – Ukrainada «Yevromaydan»dan so‘ng. Prezident Pyotr Poroshenko bilan yaxshi munosabatlarini uzib tashlab, gruziyalik «janjalkash» siyosatchi avvalgidan ham erkinroq harakat qilayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda. Hozircha uning Ukrainadagi bosh muxolifatchiga aylanish, shu orqali yangi maydanni chaqirish va hokimiyatni tebratishga bo‘lgan harakati nafaqat yorqin, balki muvaffaqiyatli ham ko‘rinish hosil qilmoqda. 

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Batumida Ajariya rahbari Aslan Abashidze bilan muzokaralardan so‘ng, 2004 yil

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili va AQSh prezidenti Jorj Bush Tbilisidagi Ozodlik maydonida, 2005 yil

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili Atirgullar inqilobi vaqtida Tbilisidagi Gruziya parlamenti binosi yonida, 2003 yilning 22 noyabr kuni

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Qozondagi uchrashuv vaqtida, 2005 yilning avgusti

Foto: Vasily Fedosenko/Reuters

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Kiyevdagi Mustaqillik maydonida yevrointegratsiya tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida, 2013 yilning 7 dekabr kuni

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Osiauri qishlog‘i yaqinidagi harbiy lagerda tashkil etilgan konsert vaqtida, 2006 yil

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili va mudofaa vaziri David Kezerashvili Tsxinval yaqinida qo‘shinlarni inspeksiya qilish vaqtida, 2008 yilning 10 avgust kuni

Foto: Irakli Gedenidze/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili o‘g‘li Nikoloz bilan Qora dengizda hordiq chiqarmoqda, 2010 yil

Foto: Mykhaylo Markiv/Reuters

Litva prezidenti Valdas Adamkus, Ukraina prezidenti Viktor Yushchenko, Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili va Polsha prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy Qrimdagi 80 yilligini nishonlayotgan «Artek» lageriga tashrif buyurish vaqtida, 2005 yilning avgust oyi

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Tbilisida Gruziya prezidenti Mixail Saakashvilining iste'fosini talab qilgan muxolifat mitingi, 2009 yilning iyun oyi

Foto: Irakli Gedenidze/Reuters

Gruziya prezidentligiga nomzod Mixail Saakashvilining tarafdorlari Zugdidida siyosatchi bilan uchrashuvdan avval, 2008 yilning yanvar oyi

Foto: Mykhaylo Markiv/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Ukrainadagi saylovlarda g‘alaba qozongan Viktor Yushchenko bilan Karpatlardagi Tisovets tog‘-chang‘i kurortida hordiq chiqarmoqda, 2005 yilning yanvar oyi

Foto: Irakli Gedenidze/Reuters

Gruziya prezidentligiga nomzod Mixail Saakashvili Tbilisidagi miting vaqtida, 2008 yilning yanvar oyi

Foto: Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Kiyevdagi Mustaqillik maydonida yangi yil konserti vaqtida, 2005 yilning 1 yanvar kuni

Foto: Evgeniy Maloletka/AP

Mixail Saakashvilining Kiyevdagi kvartirasida o‘tkazilgan tintuvlar davomida qo‘lga olinishi, 2017 yilning 5 dekabr kuni

Foto: Irakli Gedenidze/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisi va Gori o‘rtasida yangi avtomobil yo‘lining ochilish marosimida poyga mashinasida, 2009 yil

Foto: RIA «Novosti»

Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Kiyevda Oliy rada binosi yonidagi aksiyada, 2017 yilning oktabr oyi

Mavzuga oid