21 dekabr kuni Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori va sobiq SSSR makonida eng «janjalkaş» siyosatçi bölgan Mixail Saakaşvili 50 yoşga töldi. Kiyevdagi Taras Şevçenko xalqaro munosabatlar instituti bitiruvçisi, ğarbdagi qator ta'lim muassasalarida tahsil olgan (jumladan AQŞ Davlat departamenti stipendiyasi yordamida Kolumbiya universitetida ham) Saakaşvili Gruziyaga 1995 yilda qaytib keldi hamda vatanidagi siyosiy hayotga darhol kirişib ketdi. U hukumatga ijobiy kayfiyatda bölgan deputatlikdan boşladi, biroq 2003 yilga kelib öşa hukumatni töntarib taşlagan «Atirgullar inqilobi» yetakçisiga aylandi. Saakaşvili Gruziya prezidenti lavozimida mamlakatda Yevropa tartiblarini joriy etişga bölgan urinişi va Janubiy Osetiyadagi harbiy mojaro bilan yodda qoldi.

U aynan şu asosda öziga MDH hududidagi «Kremlning boş duşmani» imijini yaratişni boşladi. Bu imij Saakaşviliga bugun ham yordam bermoqda – Ukrainada «Yevromaydan»dan söng. Prezident Pyotr Poroşenko bilan yaxşi munosabatlarini uzib taşlab, gruziyalik «janjalkaş» siyosatçi avvalgidan ham erkinroq harakat qilayotgandek tasavvur uyğotmoqda. Hozirça uning Ukrainadagi boş muxolifatçiga aylaniş, şu orqali yangi maydanni çaqiriş va hokimiyatni tebratişga bölgan harakati nafaqat yorqin, balki muvaffaqiyatli ham köriniş hosil qilmoqda. 

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakaşvili Batumida Ajariya rahbari Aslan Abaşidze bilan muzokaralardan söng, 2004 yil

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Saakaşvili va AQŞ prezidenti Jorj Buş Tbilisidagi Ozodlik maydonida, 2005 yil

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Muxolif siyosatçi Mixail Saakaşvili Atirgullar inqilobi vaqtida Tbilisidagi Gruziya parlamenti binosi yonida, 2003 yilning 22 noyabr kuni