O‘zbekiston | 20:30 / 21.12.2017
50026
2 daqiqa o‘qiladi

Yil yakunlari bo‘yicha videoselektor o‘tkaziladi

22 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil yakunlari va 2018 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi. Kun.uz manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, yig‘ilish soat 7:30da boshlanadi.

Videoselektor yig‘ilishida barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda bir qator tegishli idora vakillari, tashkilotlarning rahbarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, Xalq deputatlari shahar, tuman kengashlari deputatlari, tijorat banklarining hududiy bo‘limlari boshliqlari, "Nuroniy", "Mahalla" jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, Yoshlar ittifoqi vakillari,  kollej, litsey va maktab direktorlari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, tibbiyot muassasalari mudirlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shahar, tuman hokimligi bo‘lim va boshqarmalari, korxona va muassasalar rahbarlari ishtirok etadi.

Ushbu yig‘ilish vaqtida yangi yil nomi e'lon qilinishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston prezidenti 2018 yilga nom berish borasida yaqin kunlarda Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladigan Murojaatnomasida ma'lum qilishini aytib o‘tgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid