Termizlik jinoyatchi Sankt-Peterburgda ushlandi
2017 yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 3-qismi “a,b,g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatga qo‘l urib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan termizlik X.Shokirov 17 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan mamlakatga olib kelingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot guruhi ma'lum qilgan, deb yozmoqda O‘zA.
Iyul oyida Denov tumanidagi Onadiyor ko‘chasidagi 25-uyda, sentabrda Ogahiy ko‘chasi, 20-uyda sodir bo‘lgan o‘g‘riliklarning izi topilmagan. Ko‘rilgan choralar natijasida bu jinoyatlarni Angor tumanida yashovchi J.P. sodir etgani aniqlanib, undan ashyoviy dalillar olingan.
2016 yil iyun oyida Oltinsoy tumanidagi Xo‘jasoat dehqon va buyum bozorida Katta-Vaxshivor mahallasida istiqomat qiluvchi S.Jo‘rayeva sumkasidan 400 dollar, 65 ming so‘m puli hamda otasi O.Jo‘rayev va onasi S.Qahharovalarga tegishli fuqarolik pasportini o‘g‘rilatib qo‘yganini ma'lum qilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasida yashovchi 25 yoshdagi S.X. ashyoviy dalil bilan yaqinda qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, Surxondaryoda qasddan badanga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 taga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish bittaga, qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish 75 taga, qasddan odam o‘ldirish to‘rttaga, o‘g‘irlik jinoyati 108 taga kamaygan.
Mavzuga oid
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024