O‘zbekiston va Belarus 2028 yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik kelishuvini tuzmoqchi
O‘zbekiston va Belarus 2028 yilgacha mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik haqidagi yangi hukumatlararo kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Minskda o‘tgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra ma'lum qilindi.
Avvalgi kelishuvning amal qilish muddati 2017 yil 31 dekabrda tugaydi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 1 mlrd dollargacha yetkazish zarurligini aytishgan. Biroq bu rejalarga qaramay, hozirda tovar aylanmasi 100 mln dollar atrofida bo‘lib turibdi.
Yangi kelishuv 2018 yil fevraligacha tayyorlanishi rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilishda, shuningdek, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, fan va texnika, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa sohalardagi masalalarni muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024