Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning yangi byudjyetida mudofaa xarajatlari rekord darajada oshirildi
Yaponiya hukumati, 2018 moliyaviy yil uchun (2018 yil 1 aprelda boshlanadi) rekord darajadagi mudofaa xarajatlarni o‘z ichiga oluvchi byudjyetni tasdiqladi.
Unga ko‘ra, byudjyetning umumiy hajmi 97,7 trln iyenani (861 mlrd dollar) tashkil qildi. Bu esa joriy yilga nisbatan 260 mlrd iyenaga (2,2 mlrd dollar) ko‘pdir.
Uning uchdan bir qismi ijtimoiy sohaga, shu jumladan, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishga sarflanadi.
5,19 trln iyena (45,7 mlrd dollar) mudofaa sohasiga, xususan Koreya yarimorolidagi keskinlikdan kelib chiqib, yangi harbiy texnikani xarid qilishga sarflanadi. Bundan tashqari, xarajatlarning bir qismi Yaponiya hududida AQShning Aegis Ahore RQM tizimlarini o‘rnatishga yo‘naltiriladi. Umuman olganda, o‘tgan yilga nisbatan, mudofaa xarajatlari 1,5 foiz o‘sgan.
Shu bilan birga, Yaponiya vazirlar mahkamasi joriy yil uchun 2,89 trln iyena (25,4 mlrd dollar) qiymatida qo‘shimcha byudjyetni qabul qildi. U tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashga va ekologiya ekspertizalarini o‘tkazishga sarflanadi.
Yaponiya hududdagi xavfsizlik masalalarining murakkab ekani tufayli, bir necha yillardan buyon mudofaa xarajatlarini oshirib bormoqda. Bu esa, bir qancha davlatlar, xususan Xitoyning xavotiriga sabab bo‘lyapti.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026