Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya bosh vaziri Puchdemonning uchrashish taklifini rad etdi
Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonning Ispaniyadan boshqa yerda uchrashish taklifini rad etdi. Bu haqda El Pais nashri ma'lum qildi.
“Men saylovlarda kim g‘alaba qilgan bo‘lsa, o‘sha bilan uchrashaman, bu esa Arrimadas xonimdir (“Fuqarolar” partiyasining Kataloniyadagi bo‘limi rahbari Ines Arrimadas – tahr.)”, deb aytgan Raxoy Kataloniyadagi saylovlar natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Raxoydan bu haqda yana bir bor so‘ralganda u “Kataloniya jyeneralitetiga boshchilik qiladigan kishi bilan uchrashishini, buning uchun u odam saylanishi, lavozimiga kirishishi va Raxoy bilan muzokaralar o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lishi lozimligini” aytgan.
Avvalroq Puchdemon Raxoy bilan Bryusselda yoki Ispaniyadan boshqa istalgan joyda uchrashishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Kataloniyada 21 dekabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda Kataloniya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi uchta partiya 135 o‘rinlik parlamentdan 70 o‘rin egallagan, ya'ni mutlaq ko‘pchilikni tashkil qilgan. Kataloniya mustaqilligiga qarshi chiqayotgan “Fuqarolar” partiyasi 37 o‘rin, Raxoyning “Milliy partiya”si 3 o‘rin olgan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026