Kataloniya mustaqilligini qöllab-quvvatlovçi partiyalar muxtoriyat parlamentiga muddatdan avval saylovlarda ğalaba qildilar. Bu haqda El Periódico de Catalunya naşri xabar berdi.
Yetakçi örinni “Fuqarolar” partiyasi 37 ta mandat bilan egalladi, biroq mustaqillik tarafdorlari parlamentda mutlaq köpçilik örin olişdi – “Kataloniya uçun birga”, “Kataloniyaning söl respublikaçilari” va “Milliy birdamlik nomzodi” partiyalari 135 ta örindan 70 örin olişadi. Parlamentda köpçilikni taşkil qiliş uçun 68 öringa ega böliş lozim.
Saylovlarda iştirok 81,95 foizni taşkil qildi va bu rekord natija böldi.
Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puçdemon saylov natijalariga izoh berib, “muxtoriyat aholisi tarix yaratganlari – katalon respublikasi monarxiya ustidan ğalaba qilganini” aytdi. Puçdemon, öz hamfikrlarini ğalaba bilan tabriklar ekan, parlament saylovlarini Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoyga “tarsaki” deb atadi.
“Ispaniya davlati mağlubiyatga uçradi”, deb aytgan Puçdemon jurnalistlarga.
“Yevropa bir narsani tuşunişi kerak, Raxoy taklif qilgan yeçim işlamaydi. Raxoyni qöllab-quvvatlovçilar sukutlari bilan bölsa-da, buni sezişlari kerak. Kataloniya öz kelajagini özi belgilaşi lozim”, deb aytdi Puçdemon.
Puçdemon hozirda Belgiyada qolmoqda. Ispaniyada unga isyon kötariş, hukumatga böysunmaslik va davlat mablağlarini xarjlab yuboriş ayblovlari böyiça hibsga oliniş va 30 yilgaça qamoq jazosi xavf solmoqda.












