Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novosibirskda qora qor yog‘di
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Rossiyaning Novosibirsk shahri meri Anatoliy Lokot aholidan ko‘mir qurumi tufayli yuzaga kelgan qora qor bo‘yicha kelayotgan shikoyatlar sababli Novosibirsk elektrovoz-ta'mirlash zavodi rahbariyatidan qozonxonani gazga o‘tkazish jarayonini tezlashtirishni talab qildi.
Ushbu hafta Novosibirskning Pervomaysk tumanidagi “Vesenniy” kichik tumani aholisi yaqin yerda joylashgan zavod tufayli qor qurum sabab qora rangga aylangani borasida ommaviy ravishda shikoyat qilishdi, bu shahar hukumatining korxona isitish mavsumini yangi gaz qozonxonasidan boshlashiga oid va'dalariga qaramay yuz berdi.
"Menga “Vesenniy” kichik tumani aholisidan ko‘plab murojaatlar kelmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu zavodning ko‘mir qozonxonasidan chiqarilayotgan moddalar atrof-muhitni ifloslantirishda davom etmoqda. Ularning tashvishini tushunaman. Tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar toza havodan nafas olishni istaydi", - deya yozgan Lokot Facebook’dagi sahifasida.
Shahar merining ma'lum qilishicha, juma kuni zavod direktoriga qo‘ng‘iroq qilgan hamda qozonxonani gazga o‘tkazish jarayonini tezlashtirish talabi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
09:30 / 10.12.2025
Qamchiq dovonida qutqaruvchilar noqulay ob-havo sharoitida haydovchi va yo‘lovchilarga yordam bermoqda
11:44 / 09.12.2025
Qamchiq dovonida qor yog‘ishda davom etmoqda
11:43 / 08.12.2025
Qamchiqda qor va tuman: yo‘llarda ko‘rish masofasi cheklangan, tezlikni oshirmaslik tavsiya etilmoqda
10:25 / 05.12.2025