Rossiyaning Novosibirsk şahri meri Anatoliy Lokot aholidan kömir qurumi tufayli yuzaga kelgan qora qor böyiça kelayotgan şikoyatlar sababli Novosibirsk elektrovoz-ta'mirlaş zavodi rahbariyatidan qozonxonani gazga ötkaziş jarayonini tezlaştirişni talab qildi.

Uşbu hafta Novosibirskning Pervomaysk tumanidagi “Vesenniy” kiçik tumani aholisi yaqin yerda joylaşgan zavod tufayli qor qurum sabab qora rangga aylangani borasida ommaviy ravişda şikoyat qilişdi, bu şahar hukumatining korxona isitiş mavsumini yangi gaz qozonxonasidan boşlaşiga oid va'dalariga qaramay yuz berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

"Menga “Vesenniy” kiçik tumani aholisidan köplab murojaatlar kelmoqda. Ularning sözlariga köra, uşbu zavodning kömir qozonxonasidan çiqarilayotgan moddalar atrof-muhitni ifloslantirişda davom etmoqda. Ularning taşvişini tuşunaman. Tumanda istiqomat qiluvçi fuqarolar toza havodan nafas olişni istaydi", - deya yozgan Lokot Facebook’dagi sahifasida.

Şahar merining ma'lum qilişiça, juma kuni zavod direktoriga qönğiroq qilgan hamda qozonxonani gazga ötkaziş jarayonini tezlaştiriş talabi bilan çiqqan.