Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keskin o‘zgaradi. 26 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati kechasi va kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, ba'zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchayishi mumkin, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.