Jahon | 12:19 / 26.12.2017
13839
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Rossiyadagi prezidentlik saylovi haqida o‘z fikrini aytdi

Foto: Akorda.kz

Nursulton Nazarboyev Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari haqida o‘z fikrini bildirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Qozog‘iston rahbari bilan uchrashuvda jurnalistlardan biri bu borada tegishli savol bilan murojaat qilgan. Xususan, jurnalist RFdagi saylovlar Qozog‘istondagi siyosiy jarayonlarga qanday ta'sir o‘tkazishi mumkinligi bilan qiziqqan.

"Rossiya – bizning yaqin qo‘shni va KXShT bo‘yicha maslahatchidir. Juda jiddiy, iqtisodiy va siyosiy sherigimiz. Umumiy tarixga egamiz. Qozog‘iston va qozoqlar bunday munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor. Bu bizning mamlakat, hamda ishonchim komilki, Rossiya manfaatlariga mos", - deya aytib o‘tgan Qozog‘iston rahbari.

"Oddiy saylov jarayoni, Vladimir Vladimirovich Putin o‘z nomzodini ilgari surdi, men unga barcha sohalarda muvaffaqiyatlar tilayman, mening o‘ylashimcha, u bu saylovlar favoriti. Mening fikrimcha, bu to‘g‘ri. Rossiya Yevropaning ko‘plab mamlakatlari va AQSh bosimi ostida qolgan bunday murakkab vaqtda, Putin davlat arbobi sifatida bunga bardosh bermoqda hamda xalqni oldinga qarab olib ketmoqda", - deya ta'kidlab o‘tdi Nursulton Nazarboyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid