«Rossiya tayyor». Kreml AQSh va KXDR bo‘yicha bayonot berdi
Rossiya Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muloqotda vositachi bo‘lishga tayyor, bunda har ikki tomonning roziligi talab etiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
«Gap Rossiyaning kerak bo‘lgan taqdirda va har ikki tomon xohishida vositachi bo‘lishga tayyorligi haqida ketmoqda», - deya aytib o‘tdi Peskov Rossiya AQSh va KXDR o‘rtasidagi muloqotda vositachiga aylanishga tayyormi, degan savolga javob qaytarib.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya uchun bunday tayyorlik mushkul vazifa emas, sababi bu «keskinlikdan xoli vaziyatni yaratish uchun yo‘lni ochishdir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasida Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalarga javobgar bo‘lgan shimoliy koreyalik diplomat Pak Son Il AQSh, Pxenyanni WannaCry kompyuter virusini tarqatishda ayblab, Shimoliy Koreyaga qarshi dushmanlik kayfiyatidagi muhitni yanada keskinlashtirishga urinayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024