KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasida Qöşma Ştatlar bilan aloqalarga javobgar bölgan şimoliy koreyalik diplomat Pak Son Ilning Associated Press’ga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, AQŞ, Pxenyanni WannaCry kompyuter virusini tarqatişda ayblab, Şimoliy Koreyaga qarşi duşmanlik kayfiyatidagi muhitni yanada keskinlaştirişga urinmoqda.
Uning sözlariga köra, bu ayblovlar KXDRga nisbatan «öta keskin muhitni yaratiş» kabi vazifani öz oldiga maqsad qilib qöygan.
«Agarda ular bunga töla işonişsa, u holda dalil-isbotlarni taqdim etişsin», - deya aytib ötdi Son Il.
Avvalroq AQŞ prezidentining içki xavfsizlik böyiça yordamçisi Tom Bossert WannaCry zararli dasturi bilan kiberhujum ortida Şimoliy Koreya turgani haqida ma'lum qilgandi.












