Jamiyat | 18:10 / 27.12.2017
6828
2 daqiqa o‘qiladi

Avtoulovlar yuvish shoxobchasidan avtoulov olib qochgan shaxs ushlandi

Yangiyo‘l shahrida, joriy yilning 29 noyabr kuni soat 16.35larda, avtoulovlarni yuvish shoxobchasida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi “Javohir” ismli noma'lum shaxs, ushbu shoxobchaga avtoulovini yuvish uchun olib kelgan Jizzax viloyatida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi ushbu «Neksiya» rusumli avtoulovini yuvish uchun berib, o‘zi mijozlar kutish xonasiga kirib ketgan vaqtida “Javohir” ismli shaxs ushbu avtoulovni avtoulovlar yuvish shoxobchasidan olib qochgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida M.N. boshqaruvidagi ushbu avtoulov Parkent tumanida joylashgan qabriston oldidan soz holda topilib egasiga qaytarildi. Ushbu holat yuzasidan “Javohir” ismli noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Javohir” ismli noma'lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda edi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Chinoz tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan J.S. sodir etganligi aniqlanib ushlandi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid