Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Qodirovning sahifasi bloklanganiga izoh berdi
Foto: RIA "Novosti"
Amerikaning Facebook kompaniyasi Chechen Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovning akkaunti bloklanganini uning AQSh sanktsion ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohladi.
Ijtimoiy tarmoqda unga nisbatan savdo-iqtisodiy cheklovlar kuchga kirgani aytilgan. "Shu munosabat bilan Facebook yuridik jihatdan bu shaxsning akkauntlarini deaktivatsiya qilishga majbur", - deyiladi kompaniyaning RIA "Novosti"ga kelib tushgan rasmiy izohida.
Qodirovning Facebook va Instagram'dagi profillari shanba kuni ishlashdan to‘xtagan. Kremlda ijtimoiy tarmoqlarning bunday siyosati tashvish uyg‘otishi va ularning nufuziga putur yetkazishi ta'kidlangan. Checheniston rahbarining o‘zi bundan xafa emasligini aytgan. U Telegram va Mylistory'da profil ochgan.
O‘tgan haftada Qo‘shma Shtatlar Magnitskiyning sanktsion ro‘yxatiga 5 nafar rossiyalikni kiritgan edi, ularning orasida Ramzon Qodirov ham bo‘lgan. Ro‘yxatdagilar inson huquqlarini buzishda ayblanmoqda. Checheniston prezidentining fikricha, AQSh uning o‘z hayotini terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlaganini kechira olmaydi. Davlat dumasida simmetrik javob tayyorlashga va'da berildi.
Mavzuga oid
14:47 / 12.01.2026
Ukraina razvedkasi: Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Kreml unga voris izlamoqda
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025