Jamiyat | 13:49 / 27.12.2017
29433
2 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng serdaromad aktyorlari reytingi taqdim etildi

Foto: Philstar

"Forsaj" filmi sakkizinchi qismining muvaffaqiyatidan keyin Vin Dizel 2017 yilning eng serdaromad aktyori deya e'tirof etildi. Forbes jurnali yilning eng serdaromad aktyorlari reytingini taqdim etdi.

Foto: Philstar

Filmlarning prokatda to‘plagan daromadini hisoblash bilan shug‘ullanuvchi Box Office Mojo portali ma'lumotlariga ko‘ra, Dizel ishtirokidagi filmlar bir yilda 1,6 milliard dollar keltirgan, bu pullarning uchdan biri "Forsaj" ulushiga to‘g‘ri keladi. Reytingning ikkinchi o‘rnini 1,5 milliard dollar daromad bilan Dueyn Jonson egalladi. Ta'kidlash joizki, u ham "Forsaj"ning sakkizinchi qismida suratga tushgan.

Foto: Philstar

Uchinchi  pog‘onada Gal Gadot — prokatda 820 million dollar to‘plagan "Mo‘'jiza ayol" filmi qahramoni. Gadot ishtirokidagi filmlar bir yilda jami 1,4 milliard daromad keltirgan.

Eng serdaromad aktyorlar o‘nligidan, shuningdek, Emma Uotson, Jonni Depp, Deyzi Ridli, Tom Holland, Kris Prett, Kris Xemsvort va Jon Boyyegalar o‘rin olgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid