Jahon | 13:53 / 27.12.2017
11908
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Putinni tabrikladi

Foto: RIA "Novosti"

Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Suriyada Rossiya HKKning muvaffaqiyatli amaliyoti bilan tabrikladi.

«Siz muvaffaqiyatli yakunladingiz, bu shaxsan sizning boshchiligingizda amalga oshirildi. Men chin qalbimdan tabriklayman. Bu Rossiya, barchamiz, butun dunyo uchun muhim edi. Siz bu haqda harbiy bazada bo‘lib turgan paytingizda gapirdingiz», - deya Nazarboyevning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, MDH davlatlarida yakuniga yetayotgan yilda «tinchlik, xotirjamlik kuzatildi, odamlar yashashi va ishlashi, bolalarini voyaga yetkazishi hamda o‘z kelajagiga ishonch bilan qarashlari mumkin bo‘ldi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘ilish palatalari rahbariyati bilan uchrashuvda Afg‘oniston, Tojikiston o‘rtasidagi chegaraning deyarli barcha uzunligi bo‘ylab «Tolibon» harakati jangarilari turgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid