Jamiyat | 14:41 / 27.12.2017
8182
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda IShID bo‘linmasini tashkil qilgan shaxs 20 yilga qamaldi

Foto: RIA "Novosti"

Tojikistonning Xatlon viloyati sudi mamlakatda IShID terrorchilik guruhi yacheykasini tashkil qilgan Umar Mirzoyevni 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Dushanbe shahrida yashovchi 26 yoshli Umar Mirzoyev Tojikiston poytaxti va Xatlon viloyati tumanlarida teraktlarni rejalashtirishda ayblangan.

Qayd etilishicha, Umar Mirzoyev 2014 yilda Rossiyaning Samara oblasti Tolyatti shahrida bo‘lib turgan paytida IShID safiga qo‘shilgan hamda oradan bir yil o‘tib, ushbu terrorchilik tashkiloti ko‘rsatmasiga ko‘ra «tojik» yacheykasini tashkil etishni boshlagan.

Suddan ta'kidlashlaricha, Umar Mirzoyev 2015 yilda IShID safiga qo‘shilgan to‘rt nafar migrantni Tojikistonda terrorchilik xurujlarini amalga oshirish uchun jo‘natgan. IShIDning barcha to‘rt a'zosi qo‘lga olindi va 2016 yilning noyabrida uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qayd etilishicha, Umar Mirzoyev sudda Tojikiston hududida teraktlarni rejalashtirish bo‘yicha ayblovni rad etgan.

Tergovning aniqlashicha, Umar Mirzoyev ijtimoiy tarmoqlar va Zello radiosi orqali turli ismlar ostida IShID uchun targ‘ibot olib borgan.

Mavzuga oid