Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 2018 yil «ajoyib» bo‘lishini va'da qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, 2018 yil Amerika kompaniyalari hamda fond bozori uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ladi.
«Yil kompaniyalar uchun va ish o‘rinlarini yaratish borasida muvaffaqiyatli bo‘ladi! Fond bozori yana bir juda muvaffaqiyatli yilga tayyor!» - deya yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.
Uning fikriga qaraganda, keyingi kalendar yili barcha belgilariga ko‘ra, biznes uchun juda yaxshi bo‘ladi. Bu, xususan, yangi soliq islohoti tufayli ham yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 22 dekabr kuni soliq islohoti to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.