Jahon | 15:40 / 27.12.2017
13516
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yana ommaviy hibsga olishlar ro‘y berdi

Foto: Reuters

Turkiya politsiyasi Istanbuldagi universitetning 54 xodimini qo‘lga oldi, ushbu oliy ta'lim muassasasi 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng yopilgandi. U muxolifatchi Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumonlangan, deb xabar bermoqda Reuters.

Politsiya Fotih universiteti o‘qituvchilari va xodimlarini hibsga olish uchun umumiy hisobda 171 ta order bergan. Universitet, taxminlarga ko‘ra, Gulen bilan qalin aloqalarga ega bo‘lgan.

Universitetning o‘zi davlat to‘ntarishiga urinish holatidan so‘ng davlat farmoni bilan yopilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid