Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
80 yoshli nafaqaxo‘rni aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: KUN.UZ
Chirchiq shahrida sakson yoshli nafaqaxo‘rni aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu shaharda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Doniyor Maqsudov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) firibgarlik yo‘li bilan nafaqaxo‘r, 1937 yilda tug‘ilgan N.O.ning ishonchini suiiste'mol qilib, plastik kartasida bo‘lgan uch million besh yuz ming so‘m pulini naqd pul qilib qaytarib, berishligini aytib, ushbu pullardan uch yuz ming so‘mini naqd pul qilib berib, qolgan pullarni qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026