Jahon | 15:36 / 29.12.2017
23512
2 daqiqa o‘qiladi

UXX rahbari rus maxsus xizmatlariga qiyinchilik tug‘diradigan yangilikni aytdi

Foto: replyua.net

Rossiya bilan chegarada biometrik nazorat tizimini joriy qilish Ukraina milliy xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi va rus maxsus xizmatlari xodimlarining ishini qiyinlashtiradi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak xabar bergan.

«Rossiya Federatsiyasi bilan chegarani kesib o‘tish uchun biometrik pasportlarning joriy qilinishi Ukraina milliy xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi. Bu birinchi navbatda rus maxsus xizmatlari ishini ancha qiyinlashtiradi», - deya uning so‘zlarini keltiradi Interfaks-Ukraina.

Gritsakning ta'kidlashicha, biometrik nazoratni joriy etish turli jinoyatlarga aloqador bo‘lgan odamlarni aniqlash jarayonini tezlashtiradi.

«Albatta, biometrik nazoratning joriy etilishida ba'zi narsalar Rossiya bilan chegarani kesib o‘tishda qo‘shimcha mushkulliklar tug‘diradi. Biroq qonunni buzmagan odamlar qo‘rqmasa ham bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi UXX rahbari.

Eslatib o‘tamiz, biometrik ma'lumotlarni qayd etish tizimi 2018 yilning 1 yanvaridan Kiyev xalqaro aeroportlari va Ukraina davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida to‘la hajmda ishlay boshlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid