Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ikki yo‘lakli tizim kuchga kiradi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanib, 2018 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida ikki yo‘lakli tizim kuchga kirishi belgilandi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, “Yashil” yo‘lak – kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy.
“Qizil” yo‘lak – kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tish uchun mo‘ljallangan joy.