Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh IShID bo‘yicha ayblovga javob qaytardi
Foto: AP
Pentagonda AQSh IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi bayonotlarni bema'ni gap, deb atashdi. Bu haqda harbiy mahkama rasmiy vakili Rebekka Riberix ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».
«AQSh IShIDni qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi bayonotlar yolg‘on va bema'ni gapdir. Biz IShIDni tayyorlayotganimiz yo‘q. Biz IShID jangarilarini yo‘q qilish yoki ushlash ustida sheriklar bilan ishlamoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Riberix.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SANA axborot agentligi AQSh vertolyotlari IShID yetakchilarini Suriyaning Daur-az-Zor viloyatidan Hasaka viloyatiga evakuatsiya qilgani haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid
12:17
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
09:02
Yevropa davlatlari: Trampning tahdidlariga javob yakdil bo‘ladi
08:30
Yevroittifoq Grenlandiya sabab AQShga qarshi javob bojlari tayyorlamoqda
20:54 / 18.01.2026