Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Suriyaning qayerida yashirinayotgani aytildi
Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik guruhi jangarilarining bir qismi Suriyadagi Furot daryosi vodiysi o‘rta qismida yashirinmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.
«Ularning bir qismi qochib ketdi. Urushda shunday holat ko‘p uchraydi. Ular, aftidan, Furot daryosi vodiysining o‘rta qismiga o‘tib ketishgan. Hozirda biz ularning xalifaligini yo‘q qilishga harakat qilmoqdamiz, shuningdek aybsiz insonlar hayotini saqlab qolishga urinmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Mettis.
Telekanalning Reuters’ga tayangan holda xabar berishicha, Suriya va Iroq hududida ayni damda IShIDning taxminan 1 mingga yaqin jangarisi qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya va Iroqdagi IShID terrorchilik guruhi jangarilari soni 35 mingdan 1 ming kishiga qadar kamaygani haqidagi xabarlarni o‘z prezidentligi bilan bog‘lagandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026