![](http://storage.kun.uz/source/2/_1-3hv_00fqXwH0sIJRQoZ5igg5sLl-L.jpg)
Foto: TASS
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons o‘zining eng so‘nggi jangini 8 fevral kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi xabar berdi, uning so‘zlarini TASS Boxingscene portaliga tayangan holda keltiradi.
«Mening eng oxirgi jangim Florida shtatining Pensakola shahrida 8 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. U faoliyatimdagi eng so‘nggi jangga aylanadi», - deya aytib o‘tdi Jons.
Kichik Roy Jonsning raqibiga kim aylanishi xabar qilinmagan.