Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yugurdaklar». KXDR o‘zining yadroviy salohiyati bo‘yicha bayonot berdi
KXDR o‘z yadroviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalardan voz kechmaydi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Bizning partiya va davlat, sotsialistik Koreyaning yangi yildagi yo‘lini ko‘rsatib, o‘z prinsipial pozitsiyalari haqida ma'lum qilishdi. Biz mudofaa qudrati va ogohlantiruvchi zarbaga javob qaytarish imkoniyatini rivojlantirib boramiz. Bunda yadroviy kuchlar eng asosiy jihatga aylanadi hamda bu AQSh va uning yugurdaklari tomonidan yadro tahdidi hamda shantaj yo‘q bo‘lmagunga qadar davom etadi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek Koreya Markaziy telegraf agentligi bayonotida aytilishicha, 3 sentabr kungi vodorod bombasining sinovi – bu «bizning mamlakatni jahondagi yadro quroliga ega qudratli davlat darajasiga ko‘targan buyuk g‘alabadir». Pxenyanning ishonch bildirishicha, shu sababdan ham yadro urushining oldi olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml AQSh va KXDR bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026