Jahon | 15:00 / 01.01.2018
6646
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada bir oila aviahalokat qurboni bo‘ldi

Foto: ABC

Buyuk Britaniyaning Compass Group keytering kompaniyasi ijrochi direktori Richard Kazins va uning yaqinlari Avstraliyada ro‘y bergan aviahalokat qurbonlari bo‘lishdi. 

Avvalroq, bir motorli DHC-2 Beaver samolyoti Hoksberi daryosiga qulagani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Halokat oqibatida uning bortidagi 5 yo‘lovchi va uchuvchi tirik qolmagan. 

"Richard Kazins va uning 4 nafar yaqin qarindoshi 2017 yil 31 dekabr kuni Avstraliyada samolyotning halokatga uchrashi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarini chuqur qayg‘u bilan tasdiqlaymiz", — deyiladi kompaniya bayonotida. 

Compass Group — Jahondagi korporativ ovqatlanish sohasidagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. U dunyoning 50 mamlakatida faoliyat yuritib, idoralar va zavodlar, maktablar va universitetlar, shifoxonalar, qamoqxonalar, sport inshootlari va neft platformalariga taom yetkazish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya yiliga 4 mlrdga yaqin kishiga xizmat ko‘rsatadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid