Qur'on musobaqasining Toshkent shahri bosqichlari bo‘yicha ma'lumot berildi
2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 18 yoshdan – 40 yoshgacha (tug‘ilgan yili – 1978y. dan – 2000y. gacha) bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 3 bosqichdagi Qur'on musobaqasi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati saytida ma'lum qilinishicha, qorilar musobaqasida Qur'oni karim qiroati bo‘yicha iqtidori bo‘lgan 18-40 yoshdagi barcha erkagu ayol ishtirok etishi mumkin.
Musobaqa ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: hifz va tilovat. Hifz yo‘nalishida Qur'oni karimni to‘la yod olgan qori va qoriyalar, tilovat yo‘nalishida esa Qur'onni go‘zal tarzda tilovat qila oladigan fuqarolar ishtirok etadi.
Ishtirokchilar yoshga ko‘ra ikkiga taqsimlanadi:
18‒25 yoshdagi ishtirokchilar;
25‒40 yoshdagi ishtirokchilar.
Toshkent shahri bo‘yicha ishtirokchilarni ro‘yxatga 2018 yilning 4 yanvaridan boshlab 13 yanvarigacha soat 10-00dan 19-00gacha “Minor” jome masjidida amalga oshiriladi (mas'ul: Murodjon Kabirov Tel.: +998712351733, +998974206264, +998949320022).
Ishtirokchilardan talab etiladigan hujjatlar:
- Toshkent shahrida musobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar Toshkent shahrida doimiy propiskada bo‘lishlari shart;
- Pasport nusxasi;
- Surat 4 dona (3.5*4.5 shaklda, oq fonda).
Birinchi bosqich - tuman bosqichi g‘oliblari shahar bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Shaharda birinchilikni qo‘lga kiritganlar respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.
Musobaqa birinchi bosqichining o‘tkazilish joylari keyinroq e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
10:36 / 27.05.2024
Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi
22:31 / 08.04.2023
Eronlik qori Qur’on musobaqasida 800 ming dollar yutdi
15:06 / 02.11.2021
Bishkekda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasi sovrindoriga 1 yillik o‘quv shartnoma puli to‘lab berildi
11:46 / 01.11.2021