Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda qor bo‘roni sababli maktablar yopiladi
Nyu-Yorkdagi 4 yanvarga o‘tar kechasi (Toshkent vaqti bilan 4 yanvar ertalab) boshlanishi kutilayotgan qor sababli maktablar bir kunga yopiladi. Bunday qarorni shahar meri Bill De Blazio qabul qilgan.
Avvalroq AQSh milliy meteorologik xizmati yaqin kunlarda AQShning Atlantika sohilbo‘yida qor yog‘ishi, qor bo‘ronlari va juda past haroratlar kutilayotganini ma'lum qilgandi.
“Qor bo‘roni kechasi boshlanib, ertalabga yaqin, ayni tig‘iz vaqt kuchli qor yog‘ishini kutmoqdamiz. 15 santimetrgacha qor yog‘ishini taxmin qilmoqdamiz, biroq qor qatlami 30 santimetrgacha ham yetishi mumkin”, deb ma'lum qilgan shahar meri.
Qor bo‘roni arafasida shaharning barcha kommunal xizmatlari 12 soatlik smenali ish tartibiga o‘tgan. Ko‘chalarga muzlashga qarshi kimyoviy modda qo‘llovchi 700 mashina va qor tozalovchi 15 mingta vosita chiqariladi.
Dekabr oxiridan AQSh shimoli-sharqida 8-10 gradus sovuq harorat o‘rnatilgan. Mahalliy dengiz iqlimi sababli bu harorat qiyin o‘tkaziladi. Shahar rahbariyati aholiga iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan. Havo harorati yaqin kunlarda 20 gradus sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025