Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistonga taklif bilan chiqdi
Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Samarqand va Buxoro shahrini Tojikiston poytaxti bilan bog‘lovchi yangi aviareyslarni yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda «AP» Tojikiston hukumatidagi vaziyatdan xabardor manbaga tayangan holda ma'lum qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomonining taklifi o‘rganilmoqda va yaqin vaqt ichida Tojikiston ushbu masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Manbaning ishonch bildirishicha, Tojikiston tomonining bu masala bo‘yicha qarori ijobiy bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yilning aprel oyi o‘rtalarida 1992 yilda to‘xtatib qo‘yilgan Toshkent – Dushanbe – Toshkent aviareysini bir tomonlama tartibda tikladi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Tojikiston poytaxtiga parvozni haftasiga bir marta - seshanba kuni A320 samolyotlarida amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
16:03 / 09.03.2026
Ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
21:32 / 02.03.2026