Jamiyat | 17:10 / 04.01.2018
49730
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar «Palov rekordi»ni yangilashmoqchi

Foto: Milliy TV

14 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida osh tayyorlash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan «Kun.uz»ga ma'lum qilishlaricha, shu kuni 9 tonnalik osh damlanadi.

Bu orqali surxondaryolik oshpazlar o‘tgan yilning 8 sentabrida Toshkentda o‘rnatilgan rekordni yangilashmoqchi. O‘shanda Toshkentda 7,3 tonna hajmda palov tayyorlangan va bu mega-palov Ginnessning rekordlar kitobiga kirgandi.

Qayd etish kerakki, Denovda ham Toshkentdagi rekordni o‘rnatishda foydalanilgan ulkan qozondan foydalanishmoqchi. Tadbir tuman markazidagi stadionda o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid