Bugun, 25 iyun tungi soat 02:12 da Denov tumani Bobur mahallasida joylaşgan «Bek» MÇJga qaraşli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kiçik savdo dökonlarida yonğin sodir bölgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga köra, 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-keçaklar yonğindan zararlangan.
Voqea joyiga Denov, Şörçi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqörğon tumanlari FVBning 9 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yonğin soat 02:30 da qurşab olingan va soat 03:50 da batamom öçirilgan.
Öt öçiruvçilarning sa’y-harakatlari natijasida majmua boşqa hududlariga yonğin tarqalişining oldi olingan va 48 ta savdo dökoni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Hozirda yonğin kelib çiqiş sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















