Viloyat hokimligi xabariga köra, bir qatorda joylaşgan 5 ta savdo dökonlarining 100 kvadrat metr maydonidagi oziq-ovqat mahsulotlari yonğindan zararlangan.
Voqea joyiga Denov, Şörçi, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlari FVBning 8 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yonğin soat 23:25 da qurşab olingan va soat 01:10 da öçirilgan.
Yonğin qutqaruvçilarining sa’y-harakatlari natijasida majmuaning boşqa hududlariga yonğin tarqalişi oldi olingan va favqulodda holat sodir bölgan qatordagi savdo dökonlari 700 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Hozirda yonğin kelib çiqişi sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.











