O‘zbekiston | 17:10 / 08.09.2017
246247
2 daqiqa o‘qiladi

Vazifa uddalandi. Palov Ginness rekordlar kitobida (foto)

Foto: Milliy TV

Toshkent shahri markazida 8 sentabr kuni «O‘zbegim» milliy qadriyatlar festivali bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida tayyorlangan megapalov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Taomning sof og‘irligi 7360 kilogrammni tashkil etdi. Uni tayyorlash uchun 50 nafar oshpaz 6 soat davomida ish olib borgan.

Palovni tayyorlash uchun rekord darajadagi masalliqlar: 1500 kg mol go‘shti, 400 kg qo‘y go‘shti, 220 kg quyruq yog‘i, 1900 kg guruch, 2700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i, 57 kg tuz, 100 kg no‘xat, 190 kg mayiz, 5 kg zira, 2 kg maydalanmagan murch, 1 kurkuma va 350 litr suv solindi.

Taom va qozonning umumiy vazni qariyb 14 450 kilogrammni tashkil etdi.

Foto: Milliy TV
Foto: Milliy TV

Guinness World Records vitse-prezidenti Richard Stenning tashkilotchilarga dunyodagi eng katta osh Milliy TV tomonidan O‘zbekistonda tayyorlangani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.

Foto: Milliy TV
Foto: Milliy TV

Rekord o‘rnatilishi uchun taom hajmi 4 tonna bo‘lishi yetarli edi.

Foto: Milliy TV
Foto: Milliy TV
Foto: Milliy TV

Mavzuga oid