Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy KXDR bilan savdo aloqalarini chekladi
Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini bajarish doirasida KXDRga tovarlar eksportini chekladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Xitoy tijorat vazirligiga tayangan holda.
XXR Xavfsizlik Kengashi sanksiyalarini bajarish doirasida Shimoliy Koreyaga xom neft eksportini cheklaydi. Shuningdek temir, sanoat uskunalari va transport vositalari eksporti butunlay to‘xtatiladi.
«Ushbu qaror e'lon qilinganidan boshlab KXDRga temir, po‘lat va boshqa metallar, shuningdek sanoat uskunalari hamda transport vositalari eksporti butunlay to‘xtatiladi», - deyiladi Tijorat vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters agentligi Rossiya tankerlari oktabr va noyabrda Shimoliy Koreya kemalariga bir necha marta neft quyib bergani, bu sanksiyalarga qaramay yuz bergani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026