Jahon | 12:35 / 08.01.2018
11422
2 daqiqa o‘qiladi

It bilan tenglashtirilgan Bennon Trampdan uzr so‘radi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Bennon Maykl Vulfning Oq uy haqidagi yangi kitobida e'lon qilingan o‘z bayonotlari uchun uzr so‘radi. Bu haqda Axios xabar bermoqda.

Vulfning «Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» kitobida Bennon kichik Donald Trampning ruslar bilan 2016 yilgi uchrashuvini «sotqinlik» deb atagan. Shundan so‘ng Tramp sobiq maslahatchisi «aqldan ozgani» haqida ma'lum qildi.

Endi esa Bennon prezident va uning o‘g‘lidan uzr so‘rashga qaror qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kichik Tramp – «vatanparvar va yaxshi odam», ruslar bilan uchrashuv haqidagi izohlari esa Pol Manafortga tegishli bo‘lgan.

«Men kichik Don Trampga tegishli bo‘lgan nomaqbul xabarlar bo‘yicha javobim prezidentning tarixiy yutuqlaridan e'tiborni o‘ziga tortganidan afsusdaman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Bennon.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp tvitterdagi sahifasida o‘zining strategik masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Stiv Bennonni it bilan tenglashtirgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid