AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Maykl Vulfning «Olov va ğazab: Trampning Oq uyida» kitobini yana tanqid ostiga oldi. Xususan, u özining strategik masalalar böyiça sobiq maslahatçisi Stiv Bennonni it bilan tenglaştirgan.
OAVning xabar berişiça, kitobga Bennonning sözlari ham kiritilgan, unda sobiq maslahatçi Trampning «ruslar» bilan 2016 yil iyun oyidagi uçraşuvini «sotqinlik» deb atagan.
«Maykl Vulf – haqiqiy omadsiz, u tarixni töqib çiqardi va buni uşbu zerikarli hamda yolğon kitobni sotiş maqsadida qildi. U yalqov Stiv Bennondan foydalandi. Bennon esa işdan böşatilganida yiğlagandi va iş haqida ötinib söragandi. Endilikda Stiv xuddi it kabi barça tomonidan taşlab ketildi. Juda afsuslanarli!» - deya yozdi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oq uy haqidagi kitobda Trampning örnini kim egallaşni xohlayotgani aytilgani ma'lum qilingandi.

















