Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkdagi Tramp-tauerda yong‘in yuz berdi
Foto: NBC
Nyu-Yorkda joylashgan Tramp-taeur osmono‘par binosining tomida yong‘in yuz berdi. Bu haqda NBC xabar qilmoqda.
Videoyozuvlardan bino tomidan chiqayotgan quyuq oq tutunni ko‘rish mumkin, biroq olovning o‘zi payqalmagan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Voqea yuz bergan joyda o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Donald Trampning o‘zi yong‘in yuz bergan paytda bino ichida bo‘lmagani aytilmoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025