Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda muzlik davri: kaltakesaklardan keyin timsohlar ham muzlab qoldi
Shimoliy Karolina shtatidagi Shallotte River Swamp Park milliy bog‘ida suv bilan birga timsohlar ham muzlab qoldi.
Timsohlar suvda muzlab qolib, uyquga ketgan. Ular nafas olib turish uchun faqatgina burni va tumshug‘ini suv ustida qoldirganlar. Bog‘ vakilining aytishicha, havo isib, muzlar eriganda timsohlar uyg‘onadilar.
Oxirgi haftalarda AQShning bir qator shtatlarida sovuq harorat hukm surmoqda. Ba'zi shaharlarda havo harorati 30 daraja sovuqqacha tushib ketgan. Sovuqlar qurbonlarga ham olib kelgan.
Avvalroq Florida shtatida sovuqdan iguana kaltakesaklari muzlab qolgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:51
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
08:21
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
08:15
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
22:03 / 03.06.2026