O‘zbekiston | 18:10 / 09.01.2018
9594
1 daqiqa o‘qiladi

Qur'on musobaqasida ishtirok etadiganlar soni 1100 dan oshdi

Foto: Muslim.uz

O‘zbekistonda ilk bor barcha istovchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Qur'oni Karim musobaqasida qatnashish istagini bildirganlar soni 1000 kishidan oshdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati. Shu bilan birga, qatnashuvchilarni ro‘yxatga olish jarayoni hali davom etmoqda, deyiladi Qur'on musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita ma'lumotida.

Musobaqada ishtirok etish uchun joriy yilning 9 yanvar holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 847 nafar erkak va 284 nafar ayol kishi jami 1101 yurtdoshimiz hujjat topshirgan. 8 yanvardagi holat bo‘yicha bu raqam 733 kishini tashkil etgan edi. 

Qur'on musobaqasida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan barcha o‘zbekistonliklar hifz va tilovat yo‘nalishlari bo‘yicha qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 13 yanvar kuniga qadar davom etadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid