O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining istiqbollari Dushanbeda hal etilmoqda
O‘zbekiston va Tojikiston bosh vaziri rahbarligidagi delegatsiyalar bugun savdo-iqtisodiy hamkorlik va chegaralar delimitatsiyasi masalalarini muhokama etmoqda. Hukumatlararo komissiyalarning yig‘ilishlari Dushanbedagi «Qohi Navro‘z»da yopiq eshiklar ortida o‘tkazilyapti.
Bortida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya bo‘lgan samolyot Dushanbe aeroportiga ertalab qo‘ngan.
«AP» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasidan, hukumatning iqtisodiy bloki ba'zi a'zolaridan tashqari, shuningdek TIV va chegara qo‘shinlari vakillari ham joy olgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston diplomatiyasini TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Ilhom Ne'matov taqdim etmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri kun davomida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi kechga yaqin Toshkentga qaytib ketadi.
Tojikiston delegatsiyasiga muzokaralarda mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda rahbarlik qilmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri Tojikiston tomoni bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bahor oylari boshiga rejalashtirilgan birinchi rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qiladi.
Mutaxassislarning fikricha, noyabr oyining oxirida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning ikki davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat komissiyalari rahbarlari etib tayinlanishi, Dushanbe hamda Toshkent chegara muammolarni hal etishga alohida e'tibor qaratayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024