Boş vazir Abdulla Aripov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi 10 yanvar kuni Duşanbeda savdo-iqtisodiy hamkorlik, şuningdek davlat çegarasining delimitatsiyasi va demarkatsiyasi böyiça Özbekiston-Tojikiston Hukumatlararo komissiyalari yiğilişi işida iştirok etadi.
Uşbu muzokaralarda Tojikiston delegatsiyasiga mamlakat boş vaziri Qohir Rasulzoda boşçilik qiladi, deb xabar bermoqda «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda.
Manbaning xabar berişiça, ertaga Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan ham uçraşuv ötkazadi.
Şuningdek, Abdulla Aripov ertaga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bahor oylari boşiga rejalaştirilgan birinçi rasmiy taşrifiga tayyorgarlik köriş masalasini muhokama qiladi.
Tojikiston Yer tuziş va geodeziya böyiça davlat qömitasi ma'lumotlariga köra, Özbekiston-Tojikiston çegarasining uzunligi 1332 kilometrni taşkil etadi. Umumiy uzunlikdan daryo orqali çegara 105 kilometrga, quruqlikdagi çegara 1227 kilometrga teng.
Uzunligi taxminan 1240 kilometr bölgan umumiy çegaraning delimitatsiyasi va demarkatsiyasi böyiça bitim muvofiqlaştirilgan, imzolangan hamda tasdiqlangan.
«Özbekiston-Tojikiston çegarasining taxminan 93 kilometri bahsli bölib qolmoqda, bu bahs yaqin vaqt içida hal etiladi», - deya aytib ötgandi Tojikiston Yer tuziş va geodeziya böyiça davlat qömitasi rahbari Rajabboy Ahmadzoda ötgan yilning yozida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Abdulla Aripov Tojikistonga borişi, prezident rasmiy taşrifiga tayyorgarlik muhokama etilişi xabar berilgandi.












