O‘zbekiston | 17:55 / 11.01.2018
8801
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mamlakatni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etiladi

O‘zbekistonda Buyuk Kelajak nomli maslahat kengashi tashkil etilmoqda. Bu kengashda huquq, moliya, ta'lim va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha ekspert hamda yetakchi mutaxassislar qatnashishlari mumkin. Maslahat kengashiga O‘zbekistonda tug‘ilib, respublika hududidan tashqarida joylashgan xalqaro korxonalarda faoliyat olib boruvchi, ko‘pchilik tomonidan tan olingan mutaxassislar kirishlari mumkin.

Buyuk kelajak maslahat kengashining asosiy vazifasi - O‘zbekistonning 2035 yilgacha rivojlanish modelini yaratish. Model O‘zbekiston bozorlarini obektiv tahlil qilgan holda xalqaro korxonalar tajribasi asosida, ayniqsa chet elda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning shaxsiy tajribalari asosida quriladi.

Shuni eslatib o‘tish joizki, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi o‘z ichiga beshta ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi: tashqi siyosat, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Shunday qilib, O‘zbekistonning 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatma va yo‘nalishlarga asoslanadi. Istiqlol yillarida amalga oshirilgan islohotlarning muvaffaqiyatli tajribasi, mutaxassislar tomonidan kelajak uchun amalga oshirilayotgan ishlanmalarga hamohang tarzda bugungi kunda ro‘y berayotgan yangiliklar, rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini yaratishga imkon beradi.

 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid